Obi Hayotlogo
  • Obi Hayot
  • Obi Hayot
  • Obi Hayot
  • Obi Hayot
Sharq ertaklaridagi saroy: tilla, favvora, kilogrammlab palov

Obi Hayotda hashamat konsentratsiyasi shu qadar balandki, go‘yo Ali Bobo, Xo‘ja Nasriddin va Sindbod-Dengizchi pul tashlashib, Alovuddinning shamchirog‘idagi jinni prorablikka olishgandek. Yetti metrli ko‘za-favvora ichidan obihayot quyiladi. Shifti shoyi bilan bezatilgan, tilla shunchalik ko‘pki, qirqta qaroqchining tushiga ham kirmagan: likopchalarda, qandillarda, bagetlarda. O‘zbek va ozarbayjon oshxonalari menyusi Shaxrizoda hikoyalari kabi cho‘zilib ketgan: kabob, qutablar, somsa, palov kilogrammlab tortiladi. O‘zingizni xuddi Netflix’ning sharq ertaklariga asoslangan shousiga tushib qolgandek his qilasiz — e’tiborlisi, bu yerda ilgari kinoteatr bo‘lgan.

Obi Hayot restorani, Toshkent. Ultima Guide Yandex Yegda bo‘yicha eng yaxshi restoranlar